Yangiliklar
RASMIY MUNOSABAT
17-mart 2026-yil
Ijtimoiy tarmoqlarda “Quva tumanidagi 53-sonli bog‘chada bolalar uchun ajratilgan oziq-ovqat mahsulotlari o‘z manziliga yetib bormasdan talon-taroj qilinmoqda” mazmunidagi videolar tarqaldi.
Mazkur tasvirlarda oshxona xodimlarining ushbu ta’lim tashkilotiga tegishli oziq-ovqat mahsulotlari talon-taroj qilinayotgani haqida o‘zaro muhokama qilayotgani aks etgan.
Holat yuzasidan shuni ma’lum qilamizki, ayni paytda ushbu xodimlarning ish beruvchisi ketring ta’minotchisi hisoblanadi va oshxona xodimlari ta’lim tashkiloti bilan mehnat shartnomasi tuzmagan.
Mazkur holat yuzasidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, vakolatli tashkilotlarga taqdim etilganini bildiramiz.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.