Yangiliklar

.

O‘zbekiston tumanida maktabning yangi binosi va sport zali foydalanishga topshirildi

19-mart 2026-yil
image

Tumandagi Dasturxonchi qishlog‘idagi 1980 yilda qurilgan 34-umumta’lim maktabi endilikda zamonaviy qo‘shimcha bino va sport zaliga ega bo‘ldi. Navro‘z arafasida foydalanishga topshirilgan 3 qavatli, 240 o‘rinli yangi o‘quv binosi hamda 12x30 o‘lchamdagi sport zali yoshlarga munosib tuhfa bo‘ldi.

Mazkur loyiha davlat investitsiya dasturi asosida 5 milliard 520 million so‘m evaziga amalga oshirildi. Avval 100 o‘ringa mo‘ljallangan maktabda 220 dan ortiq o‘quvchi ikki smenada tahsil olayotgan edi. Yangi bino bu muammoni bartaraf etib, o‘quvchilarga qulay sharoit yaratdi.

Ochilish marosimida keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Yangi ta’lim maskani Navro‘z va Ramazon hayiti arafasida o‘quvchilar uchun chinakam bayram sovg‘asiga aylandi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb