Yangiliklar
Boshqarma boshlig‘i viloyat g‘olibi bo‘lgan futbolchi qizlar bilan uchrashdi
12-mart 2026-yil
Bugun viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov o‘quvchi qizlar o‘rtasida futbol bo‘yicha “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” musobaqasining viloyat bosqichi g‘oliblari — Farg‘ona shahridagi 38-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchi qizlar jamoasi bilan uchrashdi.
Samimiy muloqot chog‘ida boshqarma boshlig‘i sportchi qizlarning keyingi bosqichga tayyorgarlik jarayoni, ularga yaratilgan shart-sharoitlar hamda kelgusi rejalari va orzu-intilishlari bilan qiziqdi.
Uchrashuv so‘ngida Sherzod Dolimov jamoaga musobaqaning respublika bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etishlarini tilab, ularning intilishi va g‘ayrati boshqa tengdoshlari uchun ham o‘rnak ekanini ta’kidladi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.