Yangiliklar
RASMIY MUNOSABAT
12-mart 2026-yil
Ijtimoiy tarmoqlarda va televideniye dasturlarida Quva tumanidagi 39-maktabgacha ta’lim tashkiloti binolari ma’nan eskirgani, ta’mirtalabligi, eshik va romlarining ochilib-yopilishi achinarli holatga kelib qolgani tanqid ostiga olindi.
Holat yuzasidan viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.
Mazkur ta’lim muassasasi binolari 1965-yilda qurilgan bo‘lib, 90 o‘rinli qilib moslashtirilgan.
Ayni damda viloyat hokimi tashabbusi bilan tumandagi 31 ta ta’lim muassasasi, shundan 12 ta maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’mirlash ishlari olib borish zarurligi aniqlangan.
Jumladan, 39-DMTTga homiylar biriktirilgan bo‘lib, nazarda tutilgan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida homiylar tomonidan qisman ta’mirlash ishlari olib borildi.
Shuningdek, kelgusi yillarda ushbu ta’lim tashkiloti binolarini mukammal ta’mirlash hamda zamon talablariga mos keladigan qo‘shimcha bino qurish maqsadida hujjatlar to‘plami tegishli tashkilotlarga taqdim etilganini ma’lum qilamiz.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.