Yangiliklar

.

Boshqarma boshlig‘i o‘quvchilar bilan ochiq va samimiy muloqot qildi

12-mart 2026-yil
image

Bugun viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov Farg‘ona shahridagi 38-maktab o‘quvchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuv doirasida u yoshlarning ta’limga bo‘lgan qiziqishi, kasb tanlash, tillarni o‘rganish, kelgusidagi reja va maqsadlari haqida samimiy suhbatlashdi. Bitiruvchilarning oliy ta’limga tayyorgarligi, orzu va intilishlari haqida ham fikr almashilib, ularga kelajakda to‘g‘ri kasb tanlash va maqsad sari qat’iyat bilan intilish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.

O‘quvchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berilib, ularning bildirilgan fikr va mulohazalari qo‘llab-quvvatlanishi ta’kidlandi. 

Shuningdek, mamlakatimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga sifatli ta’lim berish hamda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan islohotlar haqida ham fikr almashildi.

Uchrashuv so‘ngida boshqarma boshlig‘i maktabda tashkil etilgan olimpiada g‘oliblariga diplom va esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb