Yangiliklar

.

“XORIJIY TILLARNI O‘QITISH BO‘YICHA ENG YAXSHI MAKTAB” TANLOVIGA START BERILDI

13-mart 2026-yil
image

Bugun Fargʻona viloyatida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Prezident sovrini uchun tashkil etilgan “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining birinchi – tuman (shahar) bosqichiga start berildi.

Ayni paytda tanlov o‘tkaziladigan barcha hududlarda zarur tashkiliy ishlar yakuniga yetkazilib, jarayonlarni yuqori saviyada o‘tkazish uchun barcha sharoitlar yaratildi.

Tanlovning shaffof va adolatli o‘tishini ta’minlash maqsadida jarayonlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatib borish imkoniyati ham yaratilgan.
https://www.youtube.com/live/1yfz6585HKI?si=Pmr_nYtw1tSxK2Li

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb