Yangiliklar
Farg‘onada “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovi bo‘lib o‘tmoqda
13-mart 2026-yil
Xabar berganimizdek, bugun viloyatimizda ham Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Prezident sovrini uchun o‘tkazilayotgan “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining birinchi — tuman (shahar) bosqichi boshlandi.
Tanlov jarayonida maktab jamoalari xorijiy tillarni o‘qitish sifati, zamonaviy va innovatsion metodlardan foydalanish hamda erishilgan natijalar bo‘yicha o‘zaro bellashmoqda.
Farg‘ona shahridagi 40-IDUMda shahar bosqichiga start berildi.
Unda shahardagi 48 ta taʼlim muassasalaridan 240 нафар 7–9-синф iqtidorli o‘quvchilari ingliz, nemis va fransuz tillari bo‘yicha g‘oliblik uchun kurashmoqdalar.
Belgilangan tartibga ko‘ra, shahar bosqichida eng yuqori natijalarni qayd etgan jamoalar viloyat bosqichida hudud birinchiligi uchun kurash olib boradi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.