Yangiliklar
RASMIY MUNOSABAT
16-mart 2026-yil
Ijtimoiy tarmoqlarda “Farg‘ona tumani maktabgacha va maktab ta’limi mudiriga e’tiroz” mazmunida tarqatilgan murojaatda tumandagi ta’lim xodimlari boshqa hududdan “Open budjet”ga aldov yo‘li bilan ovoz yig‘ayotgani iddao qilingan.
Mazkur holat tegishli tartibda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi.
O‘rganish jarayonida Farg‘ona tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i tomonidan bo‘lim tasarrufidagi barcha ta’lim tashkilotlari rahbarlari “Open budjet” loyihasi doirasida xodimlarni majburiy mehnatga jalb qilmaslik, xolislik va shaffoflik asosida tizimli ish tashkil etish bo‘yicha rasman ogohlantirilgani aniqlandi.
Shunga qaramay, mazkur murojaatdan so‘ng tumandagi barcha ta’lim muassasalari rahbarlariga “Open budjet” loyihasi targ‘ibot ishlarini ochiqlik va shaffoflik asosida, amaldagi tartibga muvofiq holda, xodimlarni majburiy mehnatga jalb qilmagan holda o‘tkazilishini ta’minlash bo‘yicha yana bir bor qat’iy ogohlantirilganini ma’lum qilamiz.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.