Yangiliklar

.

Farg‘onada “Turon” maktab teatri tanlovining Farg‘ona shahar hududiy bosqichida vazir o‘rinbosari qatnashdi

3-mart 2026-yil
image

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Kelajak” markazi tomonidan tashkil etilayotgan “Turon” maktab teatri respublika tanlovining yangi mavsumiga start berildi. 

Tanlovning Farg‘ona shahar hududiy bosqichi shahardagi to‘rtta ta’lim muassasasida yuqori saviyada tashkil etildi.

Jumladan, 25-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘nta maktab jamoasi o‘zaro bellashmoqda. 

Tadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev ishtirok etdi. U o‘z so‘zida mazkur tanlovning yoshlar ma’naviy kamolotidagi o‘rni, teatr san’atining tarbiyaviy ahamiyati hamda o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishdagi muhim jihatlari haqida alohida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, barcha ishtirokchilarga ijodiy kayfiyat va muvaffaqiyat tiladi.

Mazkur tanlov umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida teatr san’atiga qiziqishni yanada oshirish, ularning iste’dodi va sahnaviy mahoratini namoyon etish, milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarni keng targ‘ib qilishga xizmat qiladi.

Tanlov doirasida maktab jamoalari tomonidan tarixiy, badiiy va zamonaviy mavzularda sahna ko‘rinishlari namoyish etilmoqda. Ishtirokchilar ijro mahorati, sahna madaniyati, obraz yaratish qobiliyati hamda g‘oyaviy-badiiy yaxlitlik mezonlari asosida nufuzli hakamlar hay’ati tomonidan adolatli baholanmoqda.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb