Yangiliklar

.

Bugun Farhod Boqiyev Fargʻona shahridagi 25-umumiy o‘rta taʼlim maktabida tashrif buyurdi

3-mart 2026-yil
image

 Tashrif davomida vazir oʻrinbosari maktab faoliyati bilan yaqindan tanishib, ta’lim va tarbiya jarayonida amalga oshirilgan ishlarni baholab chiqdi.

Farhod Boqiyev maktabning zamonaviy sport zalini, kutubxonasini va tarixiy muzeyini ko‘zdan kechirib, o‘quvchilar va o‘qituvchilar bilan samimiy suhbat qildi. 

Maktabdagi ta’lim sifati, tarbiyaviy ishlar va o‘quvchilarni ma’naviy rivojlantirish borasidagi faoliyat bilan tanishdi.

Shuningdek, vazirlik tomonidan tashkil etilgan “Kelajak soatlari” darslari haqida oʻquvchilar bilan suhbatlashildi. 

Tashrif davomida maktabdagi sharoitlar, o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash va ta’lim-tarbiya jarayonini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb