Yangiliklar
Oltiariq tumani 14-umumta’lim maktabida tashkil etilgan “Jasorat sinfi” faoliyati bilan tanishildi
3-mart 2026-yil
Oltiariq tumani 14-umumta’lim maktabida tashkil etilgan “Jasorat sinfi” faoliyati bilan tanishildi.
Bugun Farhod Boqiyev — O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari hamda Sarvar Mamayusupov — O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘mondoni o‘rinbosari, polkovnik mazkur maktabda bo‘lishdi.
Tashrif davomida o‘quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, harbiy-vatanparvarlik ruhidagi nazariy va amaliy mashg‘ulotlar, shuningdek, yoshlarning faolligi va intizomi ko‘zdan kechirildi.
Mutasaddilar “Jasorat sinfi”ning Vatanga sadoqat, jasorat va yuksak fuqarolik mas’uliyatini shakllantirishdagi muhim o‘rnini alohida ta’kidladilar.
Shuningdek, maktab hududida faoliyat yuritayotgan sport to‘garaklari ham o‘rganilib, ularning yoshlar tarbiyasi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishdagi ahamiyati yuqori baholandi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.