Yangiliklar
“Turon maktab teatri” – hududiy bosqich qizg‘in davom etmoqda
4-mart 2026-yil
Xabaringiz bor, viloyatimizda an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Turon maktab teatri” tanlovining hududiy bosqichlari ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.
Soʻx tumanida ham mazkur tanlovning 1-hududiy 3-sektor bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.
Tadbir tumandagi Hushyor madaniyat markazida bo‘lib o‘tdi.
Mazkur bosqichda 6 ta umumta’lim maktabi jamoalari 2 ta shart asosida o‘zlarining sahna madaniyati, aktyorlik mahorati va ijodiy yondashuvlarini namoyish etdilar. Har bir chiqish tomoshabinlarga unutilmas taassurotlar ulashib, hakamlar hay’ati tomonidan munosib baholandi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, tumandagi 13-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining “Oryol” jamoasi eng yuqori natijani qayd etib, tuman bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Аxborot xizmati.