Yangiliklar

.

Farg‘ona tumanida “Turon maktab teatri” Respublika tanlovining tuman bosqichi o‘tmoqda

6-mart 2026-yil
image

Tanlovda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6–10-sinf o‘quvchilaridan iborat jamoalar ishtirok etmoqda.

Bellashuvlar “Bizning maktab” va “Teatr – ibratxona” shartlari asosida tashkil etilib, o‘quvchilar sahna ko‘rinishlari orqali maktab hayoti, yutuqlar hamda milliy qadriyatlarni yoritib berdilar.

Ishtirokchilar aktyorlik mahorati va sahna madaniyati bilan tomoshabinlar hamda hakamlar hay’atida katta taassurot qoldirmoqda.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb