Yangiliklar
8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi
6-mart 2026-yil
8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi faollar zalida bayram tadbiri tashkil etildi.
Unda boshqarma apparati xodimlari ishtirok etib, jamoada faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarga alohida ehtirom ko‘rsatildi.
Tadbir davomida ayollarning jamiyatdagi o‘rni, ularning ta’lim tizimini rivojlantirishdagi fidokorona mehnati alohida ta’kidlandi.
Boshqarma rahbariyati tomonidan xotin-qizlar bayram bilan samimiy muborakbod etilib, ularga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat hamda kelgusi ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilandi.
Shuningdek, jamoa erkaklari tomonidan xotin-qizlarga bayramona kayfiyat ulashilib, ularga gul va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Mazkur tadbir samimiy muhitda o‘tib, xotin-qizlarga bo‘lgan hurmat va e’tiborning yana bir ifodasi bo‘ldi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati.