Yangiliklar
Bugun “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida Qo‘shtepa tumanidagi 49 ta umumta'lim maktablarida "Zakovat" intellektual o'yinining tuman bosqichi o‘tkazildi.
15-sentabr 2023-yil
Bu musobaqada 49 ta umumta'lim maktablaridan tashrif buyurgan o‘quvchilar g‘oliblik uchun o‘zaro qizg‘in kurashdilar.
Jarayonlar shaffof va adolatli o‘tishi hakamlar tomonidan nazorat qilindi.
Qiziqarli o‘tgan bellashuvda 1-o‘rinni 4-maktab jamoasi, 2-o‘rinni 21-umumta'lim maktabi jamoasi va 3-o‘rinni 24-umumta'lim maktabi jamoasi egalladilar. G‘olib jamoa keyingi bosqichga yo‘llanma oldi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.