Yangiliklar
Bugun Farg‘ona viloyati Direktorlar kengashi tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarligiga nomzodlar uchun ilk bor suhbat jarayoni tashkil etildi
28-yanvar 2026-yil
Farg‘ona shahridagi Prezident maktabida Farg‘ona viloyati Direktorlar kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi “Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida boshqaruv tizimi samaradorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–51-son Farmoni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 25-iyuldagi “Maktabgacha ta’lim tashkiloti Direktorlar kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 65-XDFU-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida suhbat jarayoni o‘tkazildi.
Mazkur suhbatlar viloyatdagi mavjud bo‘sh maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktori lavozimlariga yuksak axloqiy fazilatlarga, yuqori malaka va tajribaga hamda boshqaruvchilik qobiliyatiga ega rahbar kadrlarni tanlab olish va ta’minlashga qaratildi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.