Yangiliklar

.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xodimlari ro‘yxatdan o‘tmoqda

17-yanvar 2026-yil
image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF–173-son Farmoniga muvofiq, 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralga qadar muhim tadbir o‘tkazilishi boshlandi.

Ma’lumki, ro‘yxatga olish jarayoni ikki bosqichda tashkil etiladi:

1-bosqich: 15-31-yanvar kunlari (17 kun davomida) https://census.stat.uz  sayti orqali OneID tizimi yordamida onlayn ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati yaratiladi.
Mazkur bosqichda Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi apparati xodimlari faol ishtirok etmoqda.

2-bosqich: 4–28-fevral kunlari “Mahalla yettiligi” a’zolari tomonidan uyma-uy yurib, planshet qurilmalari orqali ro‘yxatga olish jarayonlari tashkil etiladi.

Shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligi qonun bilan kafolatlanadi.

Savolnomadagi ma’lumotlar boshqa idoralarga taqdim etilmaydi.

Ro‘yxatdan o‘ting – kelajakni birgalikda quraylik!

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb