Yangiliklar

.

Farg‘onada PIRLS–2026 ga tayyorgarlik boshlandi

13-yanvar 2026-yil
image

Farg‘ona viloyati Pedagogik mahorat markazida PIRLS–2026 xalqaro tadqiqotiga tayyorgarlik doirasida 3 kunlik o‘quv seminari старт oldi.

Seminarda viloyatdan tanlab olingan 17 ta umumta’lim maktabining direktor o‘rinbosarlari hamda 4-sinf o‘qish savodxonligi fanidan dars beruvchi boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari ishtirok etmoqda.

Seminar davomida PIRLS tadqiqotining maqsad va vazifalari, baholash mezonlari, xalqaro talablar, shuningdek, o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini rivojlantirishga qaratilgan samarali metodlar muhokama qilinadi.

Maqsad — o‘quvchilar bilimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb