Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Marg‘ilon shahrida Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmadi boshlig‘i Sherzod Dolimov sayyor qabuli bo‘libo‘tdi

13-oktabr 2023-yil
image

Maktabgacha va maktab ta’limi tizimida olib borilayotgan islohotlarga joylardagi keng jamoatchilikning munosabatini o‘rganish, kelayotgan shikoyatlar sonini kamaytirish hamda “Inson qadri” tamoyillari asosida bugun Marg‘ilon shahar 9-umumiy o‘rta ta’lim maktabida viloyat maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining navbatdagi sayyor qabuli tashkillandi.

Sayyor qabul davomida 25 nafardan ortiq fuqarolar ishtirok etishib, shundan 21 nafar fuqarolar murojaati tinglandi, 14 ta murojaat ijobiy hal qilindi, 7 ta murojaatga huquqiy tushuncha berildi. 3 ta masala yuzasidan tegishli mas’ullarga ko‘rsatma berildi. 

Murojaatlarning asosiy qismi mutaxassisligi bo‘yicha ish bilan ta’minlash, farzandini davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga joylash bilan bog‘liq masalasida bo‘ldi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb