Yangiliklar

.

Bugun viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining Faollar zalida boshqarma apparati xodimlari ishtirokida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

5-yanvar 2026-yil
image

Yig‘ilishda boshqarma boshlig‘i Sherzod Dolimov tizimda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, joylarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada jonlantirish, targ‘ibot vositalarining holati, kiyinish odobi va madaniyati masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Shuningdek, ta’lim muassasalarida qish mavsumini belgilangan talablar asosida o‘tkazishni ta’minlash, tozalik va obodonlashtirish ishlariga mas’uliyat bilan yondashish zarurligi ta’kidlandi.

Yig‘ilish yakunida Sherzod Dolimov ta’lim sohasida qonunbuzarliklarning oldini olish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish har bir xodimning muhim burchi ekanini yana bir bor eslatib o‘tdi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb