Yangiliklar

.

#Taqdirlash

5-yanvar 2026-yil
image

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Kelajak soati” loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 34 yilligi munosabati bilan chorlov e’lon qilingan edi. Mazkur tadbirda viloyatimizning pedagog xodimlari va mutaxassislari ham faol ishtirok etdilar.

Bugun Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov tomonidan chorlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan:

Oltiariq tumani 20-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi o‘qituvchisi Dildoraxon Tursunova,

Farg‘ona shahar 17-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti musiqa rahbari Feruzaxon Yakubova
hamda

Qo‘qon shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining diplomlari va esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

Ta’kidlash joizki, mazkur tashabbus yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, davlat ramzlariga bo‘lgan hurmat va ehtirom tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb