Yangiliklar
“Reggio Emilia yondashuvi — o‘yinga asoslangan ta’lim metodikasi asosida ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish” mavzusida viloyat seminar-trenin
22-dekabr 2025-yil
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining joriy yil 17-dekabrdagi 463-son buyrug‘iga muvofiq, 2025–2026-o‘quv yilida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona viloyati va Toshkent shahridagi jami 1 865 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tajriba-sinov tariqasida o‘yinga asoslangan ta’lim metodikasi asosida ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish belgilangan.Mazkur o‘yinga asoslangan ta’lim metodikasini joriy etish hamda ushbu metodika bo‘yicha pedagoglarga uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish maqsadida 3 ta tayanch maktabgacha ta’lim tashkiloti belgilandi.
Shunga muvofiq, bugun Quvasoy shahridagi tayanch 28-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Reggio Emilia yondashuvi — o‘yinga asoslangan ta’lim metodikasi asosida ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish” mavzusida viloyat seminar-treningi tashkil etildi.
Tadbir avvalida so‘zga chiqqan vazirlik vakili — Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish departamenti bosh mutaxassisi Azamatjon Abdurahimov, shuningdek, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Vohidjon Mamajonov mazkur seminar-treningning dolzarbligi, mavzuning mazmun-mohiyati haqida batafsil tushunchalar berishdi.
Viloyatimizning shahar va tumanlaridagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan mentor-o‘qituvchilar, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Quvasoy shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi soha mas’ullari ishtirok etgan tadbir davomida mentorlar ta’lim tashkilotlaridagi mashg‘ulotlarda bolalar rivojini o‘yin orqali qo‘llab-quvvatlash, o‘yin turlari hamda o‘yinga yo‘naltirilgan ta’limning afzalliklari haqida atroflicha to‘xtalib o‘tishdi.
Shuningdek, trening davomida ushbu o‘yinga asoslangan ta’lim metodikasi doirasida bolalar:
o‘yin orqali o‘rganishi;
o‘yin jarayonida muammolarni hal qilish, muloqot qilish va ijtimoiy ko‘nikmalarni egallashi;
o‘yin bolaning yoshiga mos va uning qiziqishlariga asoslangan bo‘lishi;
nazariy bilimlarning amaliy tajriba bilan uyg‘unlashishi;
Reggio Emilia yondashuvi — bolaning shaxsini ta’lim jarayonining markaziga qo‘yishi,
o‘yinga asoslangan ta’lim esa o‘yinni o‘rganishning asosiy vositasi sifatida qo‘llashi,
har ikkala yondashuv ham bolada mustaqillik, ijodkorlik va tanqidiy fikrlashni rivojlantirishdagi muhim o‘rni haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.