Yangiliklar

.

Yangi yil” – quvonch va mo‘jizalar bayrami

24-dekabr 2025-yil
image

Quvasoy shahar 13-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida barcha guruhlar ishtirokida “Yangi yil” bayrami ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Muassasa bayramona bezaklar bilan bezatilib, go‘zal archa va yorqin muhit bolajonlarga chinakam bayram kayfiyatini ulashdi.

Bayram dasturi davomida tarbiyalanuvchilar o‘z iste’dodlarini namoyon etib, yod olgan she’rlarini aytishdi, quvnoq qo‘shiqlar kuylab, jozibali raqslar ijro etdilar. Bolalarning beg‘ubor kulgisi va samimiy quvonchi tadbirga yanada fayz bag‘ishladi.

Mazkur bayram bolalar qalbida unutilmas xotiralar qoldirib, ularni ezgu tilaklar, yangi orzu va umidlar bilan Yangi yilga yetakladi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Аxborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb