Yangiliklar

.

Коrrupsiyaga qarshi kurashish – dolzarb masala

16-dekabr 2025-yil
image

Коrrupsiyaga qarshi kurashish – dolzarb masala

Bugun Bag‘dod, Buvayda va Rishton tumanlarida “Korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusida tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirlar Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining korruptsiyaga qarshi kurashish va huquqiy nazorat sho‘basi hamkorligida tashkil etildi.
Yig‘ilishda soha masʼullari, tumanlardagi davlat ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etib, korrupsiyaning oldini olish, xizmat faoliyatida ochiqlik, shaffoflik va qonun ustuvorligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Tadbir davomida mas’ullarga amaldagi qonunchilik talablari, mas’uliyat va javobgarlik haqida tushuntirishlar berildi, savol-javoblar orqali fikr almashildi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb