Yangiliklar
XUSHXABAR
19-dekabr 2025-yil
Farg‘ona shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Sobirova Dilafruz Salohiddin qizi AQShning nufuzli Harvard universitetiga Integrative Biology (integratsiyalashgan biologiya) yo‘nalishi bo‘yicha 100 foizlik grant asosida qabul qilindi. Grantning umumiy miqdori 392 000 AQSh dollarini tashkil etadi.
Iqtidorli o‘quvchi tinimsiz mehnati va sa’y-harakati evaziga xalqaro IELTS imtihonidan 8.0 ball, SAT imtihonidan 1540 ball, shuningdek, nemis tili bo‘yicha Multilevel imtihonida B2 darajani qo‘lga kiritgan.
Dilafruz maktabdagi eko-qo‘mita sardori sifatida ta’lim muassasasining “Yashil bayroq” xalqaro mukofotini qo‘lga kiritishida munosib hissa qo‘shgan. Shuningdek, u Yangi O‘zbekiston Universiteti tomonidan tashkil etilgan Hogwarts yozgi tadqiqot oromgohida faol ishtirok etgan.
G‘ayratli o‘quvchimizga kelgusi ta’lim faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.