Yangiliklar
MATBUOT ANJUMANI BO‘LIB O‘TDI
8-oktabr 2025-yil
Avval xabar berganimizdek, bugun IV chorak “Media-rejasi”ga asosan Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi rahbari ishtirokida "Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi tizimidagi taʼlim muassasalarida o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlar hamda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari" mavzusida matbuot anjumani va PRESS-tur tashkil etildi.
Unda OAV vakillari, erkin jurnalistlar hamda blogerlar ishtirok etishdi.
Tadbir avvalida viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, viloyatdagi taʼlim muassasalarida o‘quvchilarga yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar hamda bunyodkorlik ishlari haqida batafsil maʼlumot berdi.
Anjuman davomida ishtirokchilar tomonidan kun tartibidagi mavzu yuzasidan berilgan savollarga javoblar qaytarildi.
Tadbir doirasida ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar Farg‘ona shahridagi yangi, zamonaviy qiyofa kasb etgan 25-maktabda o‘quvchilarga yaratilgan sharoit va imkoniyatlar bilan tanishdilar. Taʼlim maskaninin kutubxonasi, sport va faollar zali, oshxons, sinif xonasi hamda undagi jhozlar tadbir qatnashchilarida yaxshi taassurotlar qoldirdi.
Muassasa mutasaddilari anjuman ishtirokchilarining bir qator qiziqqan savollariga bafurja javoblar berishdi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.