Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Qish fasli yaqinlashmoqda. Ta’lim muassasalari bunga tayyormi?

4-oktabr 2025-yil
image

Bugun viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov hamda viloyat prokurorining katta yordamchisi Sirojiddin G‘oziyev Yozyovon tumanidagi bir qator maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bo‘lishdi.

Jarayon davomida tumandagi maktab hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, tozalik va obodonchilik tadbirlari, o‘quvchilarning davomati, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli va maqsadli o‘tkazishi, to‘garaklar faoliyati,  bolalarning hayoti xavfsizligi uchun yaratilgan sharoitlar, sog‘lom va xavfsiz ovqatlantirish jarayonlari kabi masalalar atroflicha o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish, zarur choralarni ko‘rish va kelgusidagi vazifalarni belgilash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb