Yangiliklar
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holat o‘rganildi
6-oktabr 2025-yil
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘i asosida boshqarma apparati xodimlari hamda soha mas’ullari ishtirokida viloyatdagi ta’lim muassasalarida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganishlar davomida shahar va tumanlardagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, obodonlashtirish va mavsumiy ishlar ko‘lami o‘rganildi.
Jumladan, ichki isitish tizimlarining sinovdan o‘tkazilishi, qozonxonalarning mavsumga tayyorligi, hududlar va binolar tozaligi, obodonlashtirish ishlari hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha muassasa rahbarlariga tegishli tavsiyalar berildi.
Ushbu suratlar Farg‘ona tumanidagi ta’lim muassasalarida ikki kun davomida o‘rganishlar olib borgan ishchi guruh faoliyatidan.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.