Yangiliklar
ISHTONDA BITIRUVCHI O‘QUVCHILAR BILAN DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI
6-oktabr 2025-yil
Rishton tumanidagi 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabida yuqori sinf o‘quvchilarining oliy ta’lim muassasalariga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, ularda to‘g‘ri kasb tanlash ko‘nikmasini shakllantirish hamda kelgusida jamiyatda munosib o‘rin egallashlariga ko‘maklashish maqsadida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida maktab rahbariyati o‘quvchilar bilan ularning kelajakdagi maqsadlari yuzasidan suhbat o‘tkazib, ularni qiziqtirgan savollarga javoblar berdi.
Suhbat jarayonida yoshlarimizga yurtimiz taraqqiyoti, Vatan ravnaqi va xalq farovonligi yo‘lida bilimli, mas’uliyatli hamda fidoyi avlod bo‘lib kamol topish zarurligi alohida ta’kidlab o‘tildi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.