Yangiliklar
“Kelajak soatlari” darslari: o‘quvchilar zamonaviy tahdidlar haqida fikr almashdi
7-oktabr 2025-yil
Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 25 avgustdagi maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilar hamda o‘quvchi yoshlarni milliy qadriyatlarga sadoqat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan “Maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi 308-sonli buyrug‘i asosida viloyatdagi barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilar "Kelajak soatlari" dars-mashg‘otlarida ishtirok etishdi.
Farg‘ona shahridagi 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabda o‘tkazilgan darsda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov ham ishtirok etdi. U 9-sinf o‘quvchilariga “Gadjetlar va tahdidlar” mavzusida dars mashg‘uloti o‘tkazdi.
Noana’naviy dars so‘ngida o‘quvchilar zamonaviy gadjetlardan foydalanish madaniyati, internetdagi axborot xavfsizligi, sun’iy intellektning ta’lim va kundalik hayotdagi o‘rni kabi masalalar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirishdi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.