Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Bayram tadbiri tashkillandi

25-sentabr 2025-yil
image

Bugun O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi va Farg‘ona Kengashi tomonidan Farg‘ona shahridagi Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona tadbirlar zalida 1-oktyabr – "O‘qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan tantanali bayram tadbiri tashkillandi.

Unda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi Ravshan Bedilov, O‘zbekiston kasaba uyushmasi Federatsiyasi Farg‘ona viloyati Kengashi raisi Erkin Nuraliyev, viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov va viloyatimizning barcha shahar-tumanlaridan kelgan fidoyi o‘qituvchilar, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, mehnat faxriylari hamda soha jonkuyarlari ishtirok etishdi. 

Tadbir davomida fidokor ustoz va murabbiylar hamda faxriylarga qimmatbaho sovg‘alar ulashildi, xonandalar ijrosidagi qo‘shiqlar esa barchaga birdek manzur bo‘ldi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb