Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

FARG‘ONADA "JASORAT MAKTABLARI"GA QABUL QILINGAN O‘QUVCHILARNING TANTANALI VA’DA BERISH TADBIRI O‘TKAZILDI

25-sentabr 2025-yil
image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-noyabrdagi "O‘quvchi-yoshlarni chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-393-sonli Qarori bilan Farg‘ona viloyatidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari bazasida 2025-2026-o‘quv yilidan boshlab barcha shahar va tumanlardan 1 tadan jami 19 ta "Jasorat maktablari" tashkil etildi.

Bugun viloyatimizdagi barcha shahar va tumanlarda "Jasorat sinflari"ga qabul qilingan o‘quvchilarning tantanali qasamyod qabul qilish tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Farg‘ona shahrida joylashgan Ahmad Al Farg‘oniy nomidagi Madaniyat va istirohat bog‘i maydonida tashkillangan mazkur tadbirda viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov ham ishtirok etdi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb