Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Furqatda “Jasorat maktabi”ga qabul qilingan o‘quvchilar va’da berish... 

25-sentabr 2025-yil
image

Furqat tumanidagi 8-maktab negizida tashkil etilgan “Jasorat maktabi”ga joriy yilda o‘qishga qabul qilingan o‘quvchilarning tantanali va’da berish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

8-sonli maktabida  o‘tkazilgan tantanali tadbirda tuman hokimining o‘rinbosari Azamov Alimardon, tuman mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi podpolkovnik Rajabov Qobil Xamirovich,maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi shoʻba rahbari Mirzayev Mirzahamdam, fahriy Mamatqulov Gʻulomjon va o‘quvchilarning ota-onalari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. 

Tadbirda so‘z olganlar Prezidentimiz tashabbusi asosida mamlakatimiz hududlari bo‘ylab tashkil etilgan "Jasorat maktablari" tom ma’noda navqiron avlodni vatanparvarlik, o‘z taqdirini shu yurt taqdiri bilan hamohang ko‘rish ruhida tarbiyalashdek ezgu maqsadga yo‘naltirilgani bilan ahamiyatli ekanligini ta’kidlashdi. Maktabga qabul qilingan o‘quvchilarni samimiy qutlab, o‘qish va mashg‘ulotlarda zafarlar, yurtimizga sadoqat bilan xizmat qilishlarida omad tiladilar.

Umumta’lim maktablari uchun harbiy vatanparvarlik yo‘nalishida tayanch maktab etib belgilangan maskan o‘quvchilari shu kuni Vatanimizga munosib farzand bo‘lish, sidqidildan xizmat qilish uchun tantanali va’da berdilar.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb