Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

RASMIY MUNOSABAT

25-sentabr 2025-yil
image

RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqda “Uchko‘prik tuman hokimi maktab binosini o‘zlashtirdi – prokuror sukut saqlamoqda” mazmunida xabar tarqatildi.

Mazkur xabarda Uchko‘prik tumanidagi 38-maktab ikkita binoda joylashgani, mazkur maktabning yangi binosi qurilganidan keyin bir muddat maktabning eski binosi bo‘sh turgani, muassasada o‘quvchilar soni ortgach, eski binoga yana boshlang‘ich sinflar ko‘chirilgani, tuman hokimi ushbu  o‘quv binoni bo‘sh turgan bino maqomiga o‘tkazib, ta’lim olayotgan o‘quvchilarni sinf xonalarsiz qoldirgani iddao qilingan.

Holat yuzasidan Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi: 
Uchko‘prik tumani Yulg‘unzor MFY hududidagi 38-umumiy o‘rta ta’lim maktabning asosiy binosi 2007-yilda qurilgan, quvvati 315 o‘rin. Maktab binosida 305 nafar o‘quvchilar o‘qib kelgan. Maktabdan 300 metr uzoqlikda shu muassasa maqomida 1978-yilda qurilgan maktab filialida  esa 240 nafar bolalar ta’lim-tarbiya olib kelgan.  

Hozirgi kunda filialdagi o‘quvchilar maktabning asosiy binosiga ko‘chirilib, jami 545 nafar o‘quvchilar 1,73 koeffisentda o‘qishmoqda.  
Yulg‘unzor MFY hududida davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti mavjud emasligi sababli, hududdagi juda ko‘plab ota-onalarning murojaatlarini, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining 2024-yil 4-noyabrdagi 5 B/326-son so‘rov xatini hamda maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 25-oktyabrdagi  05-41-3933-son rozilik xatiga asosan, Uchko‘prik tumani hokimining 2024-yil 12-noyabr kundagi “Uchko‘prik tumani Yulg‘unzor MFY hududida yangi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini tashkil etish to‘g‘risida”gi 310-11-162-Q/24-sonli qarori bilan Yulg‘unzor MFY hududidagi 38-umumiy o‘rta ta’lim maktabining filiali bino-inshootlarini moslashtirish orqali 180 o‘rinli Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tashkil etish belgilangan. 

Tuman mahalliy byudjetidan 500 million so‘m mablag‘ ajratish orqali, maktab filiali o‘rnida Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tashkil etish, bunda “yangi oshxona, hojatxona qurish va mavjud binolarni ta’mirlash” ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan. Mazkur bunyodkorlik ishlari amaldagi tartib asosida bo‘lib, mavjud qonunlarga zid harakatlar bo‘lmagan. Ijtimoiy tarmoqda tarqatilgan xabardagi vajlar asosga ega emas.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb