Yangiliklar
Quvasoyda amaliy seminar bo’lib o’tdi
12-sentabr 2025-yil
Bugun Quvasoy shahridagi 28-Davlat Maktabgacha ta'lim tashkilotida "Maktabgacha ta'lim tashkiloti pedagoglarining ish hujjatlarini tasdiqlash to'g'risida"gi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining 323-sonli buyrug'ini amaliyotga tatbiq etish mavzusida amaliy seminar bo’lib o’tdi.
Tadbirda soha masʼullari tomonidan mazkur buyruq mohiyati va amaliyotga tatbiq etish ahamiyati borasida batafsil tushunchalar berildi.
Seminar so‘ngida Ishtirokchilar savollariga tegishli tartibda javoblar berildi.
Tadbirda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi vakili Sherzod Nabijonov va viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshlig‘inig o‘rinbosari Vohidjon Mamajonov ishtirok etishdi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.