Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Farg‘onada “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalariga start berildi

13-sentabr 2025-yil
image

Bugun Respublikamizda o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkaziladigan “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalariga  start berildi. 

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Sport vazirligi hamkorligida amalga oshirilayotgan mazkur loyiha doirasida 9 ta sport turi — shashka, shaxmat, yengil atletika, stol tennisi, mini-futbol, voleybol, vorkaut va stritbol bo‘yicha musobaqalar maktab, tuman (shahar) va viloyat bosqichlarida tashkil etiladi.

Musobaqalarda ishtirok etish uchun o‘quvchilar dastlabki saralash bosqichida 5tashabbus.uz elektron platformasida ro‘yxatdan o‘tishlari shart. Keyingi bosqichlarda esa aynan ushbu platforma orqali yaratilgan jamoalar bellashuvlarda ishtirok etadi. 

Bugun respublikamizning 14 ta hududida onlayn paralel shaklada ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Fargʻona viloyatida "Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalariga start berilishi Farg‘ona shahridagi 25-umumta’lim maktabida tashkil etildi. Ochilish marosimida Farg'ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov, soha mas’ul xodimlari va mutasaddilari, maktab o‘quvchilari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida so‘z olganlar mazkur tadbirning ahamiyati, musobaqalarni yuqori saviyada o‘tkazish yuzasidan gapirib, barcha ishtirokchilarga yuqori natijalar va omadlar tiladilar.

Farg'ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb