Yangiliklar
Farg‘onada O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Prezidentimizning farmoniga ko‘ra taqdirlangan bir guruh o‘qituvchilarga davlatimizning yuksak mukofotlarini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
15-sentabr 2025-yil
Tadbirda viloyatdagi fidoyi va faol, ta’lim tizimi rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan soha xodimlari, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov barchani yaqinlashib kelayotgan O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan tabrikladi. Yangi O‘zbekistonda ta’lim sohasidagi islohotlarning amaliy samaralari xususida so‘z yuritib, o‘qituvchi va murabbiylar mehnati alohida e’tirof etilayotganligi, qator imkoniyatlar yaratib berilayotganligi ta’kidlandi.