Yangiliklar
Yangi O‘zbekistonda eng muhim soha – ta’lim, eng hurmatli insonlar – o‘qituvchi va murabbiylardir
15-sentabr 2025-yil
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Prezident Shavkat Mirziyoev so‘zining avvalida o‘z hayotini yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishdek eng ulug‘ ishga bag‘ishlab kelayotgan barcha muallimlarni tabriklab, ularga chuqur hurmat-ehtiromini bildirdi. Shundan so‘ng sohani rivojlantirish chora-tadbirlari bo‘yicha muloqot bo‘lib o‘tdi.
Viloyatimiz studiyasida ham mazkur muloqotni soha vakillari katta qiziqish bilan kuzatishdi.
Uchrashuvdan so‘ng “Afrosiyob” majmuasida tizim xodimlari uchun bayram tadbiri tashkil etildi.