Yangiliklar
RASMIY MUNOSABAT
16-sentabr 2025-yil
Ijtimoiy tarmoqda “Qo‘qon shahar 19-maktab oshxonasi muammolari yechim kutmoqda...” mazmunda tarqatilgan xabar tegishli tartibda o‘rganildi.
Mazkur tarqatilgan xabarlarda maktab ma’muriyati va maktab oshxonasini ijaraga oluvchi o‘rtasida nizolar tufayli mazkur “tamadixona” ishlamayotgani, bir qizchaning so‘zlariga ko‘ra, oshxonada issiq taomlar yo‘q, ko‘p hollarda eski sosiskadan xot-dog tayyorlab berishyogani, maktab direktori oshxona ishiga ko‘p aralashyotgani, viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rahbariyati holatga aniq baho bermayotgani iddao qilingan.
Shuningdek, tadbirkor ham maktab rahbari harakatlaridan norizo bo‘lib, bir necha bor ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat qilgan
Holat tegishli tartibda o‘rganib chiqildi. Tarqatilgan xabardagi vajlar asossiz ekanligi aniqlandi.
Ayni damda tomonlar o‘rtadagi tushunmovchiliklarni bartaraf etib kelishuv asosida maktab oshxonasi o‘z faoliyatini davom ettirmoqda. Soha mutaxassislari tadbirkorga maktabda sotilishi taqiqlangan oziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo qilmaslik amaldagi tartibga rioya qilish lozim bo‘lgan tushunchalar berildganligini ma’lum qilamiz.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.