Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Bugun viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining faollar zalida boshqarma apparat xodimlari ushun navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 

16-sentabr 2025-yil
image

Unda viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining boshlig‘i, boshliq o‘rinbosarlari hamda boshqarma xodimlari qatnashdilar. 

Yig‘ilish avvalida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov tizimda amalga oshirilayotgan ishlarga alohida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, maktabgacha yoshdagi bolalarni ta’lim tashkilotlarga qamrovini oshirish, inklyuziv ta’lim, yashil energiya, o‘qituvchilar malakasini oshirish, kuz-qish mavsumiga hozirlik holati, o‘quvchi va o‘qituvchilar va o‘qituvchilarning o‘rtasida xalqaro va milliy sertifikatlilarning safini kengaytirish kabi bir qator dolzarb masalalarga e’tibor qaratdi.

Rahbar boshqarmaning ijro nazorat faoliyatini tanqidiy tahlil qilgan holda soha mas’ullariga ish sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.

Shuningdek, rahbar Maktabgacha va maktab ta’limi sohasidagi qonunbuzarlik holatlarining kelib chiqish sabablarii, uni bartaraf etish chora-tadbirlari, korrupsiyaga qarshi kurashish va unga hamma rioya etishini yana bir bor eslatib o‘tdi. 

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb