Yangiliklar
RASMIY MUNOSABAT
16-sentabr 2025-yil
Ijtimoiy tarmoqda “Quva tumanida Maktabgacha ta'lim tarbiyalanivchi bolajon avarya bo'lgani aytimoqda...” mazmunda xabar tarqatildi.
Ushbu holat yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi shuni ma’lum qiladiki, bugun ertalab Quva tumanidagi 66-maktabning 3-sinf o‘quvchisi M.A. maktabga kelish jarayonida baxtsiz yo‘l transport hodisasiga uchraganini ma‘lum qilamiz.
Mazkur baxtsiz yo‘l transport hodisasi sabablari huquq-tartibot idoralari tomonidan o‘rganilmoqda.
Hurmatli ot-onalarimizdan farzandlarini ko‘chaga chiqarishdan avval yo‘l harakatlari bo‘yicha tushunchalar berib, ehtiyot bo‘lib yurishlarini obdon o‘qitib turishlarini so‘rab qolamiz. Zero, yo‘l qoidasi – umr foydasi...
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.