Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

VILOYAT SEMINARI TASHKIL ETILDI

16-sentabr 2025-yil
image

Farg‘ona shahridagi 25-maktabda “O‘quvchilarni psixologik qo‘llab-quvvatlash ishlarini tashkil etishdagi ustuvor vazifalar” mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi. 

Maktab psixologlarining kasbiy bilim va koʻnikmalarini zamonaviy ilmiy yondashuvlar, innovatsion
metodlar hamda amaliy psixologiya tajribasi bilan boyitish maqsadida tashkillangan mazkur tadbirda ishtirokchilar “Oʻquvchilarning yosh va individual psixologik xususiyatlarini aniqlash va hisobga olish usullarini qoʻllash, o‘quvchilarning psixologik farovonligini ta’minlash, ularni ruhiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlab chiqilgan namunaviy ish rejani amaliyotga joriy etish, shuningdek, o‘quvchilarning psixologik holatini tizimli monitoring qilishni rivojlantirish" kabi muhim jihatlarga e’tibor qaratildi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb