Yangiliklar
Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ joylarda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishmoqda
16-sentabr 2025-yil
Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ joylarda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishmoqda
Bugun boshqarma boshligʻi Sherzod Dolimov va viloyat prokurorining katta yordamchisi Sirojiddin G‘oziyev Farg‘ona tumanidagi maktablarda o‘qish jarayoni, o‘quvchilarning darsliklar bilan ta’minoti, davomati bilan qiziqishdi. Jumladan, tumandagi 28-, 52-, 25-, 58-, 53-umumiy o‘rta taʼlim maktablari hamda 46-, 48- va 19-Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida kuz-qish mavsumiga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari hamda bog‘chalardagi sog'lom ovqatlantirish amaliyotini o‘rganishdi.
O‘rganish davomida isitish qozonlarining holati va issiqlik tizimlari, yoqilg‘i zaxirasi, yong‘inga qarshi ko‘rilgan choralar va soha ishchilariga yaratilgan sharoitlar koʻzdan kechirildi.
Aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.