Yangiliklar
RASMIY MUNOSABAT
16-sentabr 2025-yil
Ijtimoiy tarmoqlarda “Farg‘onada o‘quvchi qizlar direktor o‘rinbosari tomonidan kaltaklandi...” mazmunida videolavha tarqatildi.
Holat Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi tomonidan tegishli tartibda o‘rganib chiqildi.
O‘rganish jarayonida tarqatilgan videotasvirdagi pedagog Farg‘ona shahridagi 36-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari N.X. bo‘lib, mazkur voqea o‘tgan yilning sentyabr oyida bo‘lgani aniqlandi. N.X. shu maktabda 26 yildan buyon ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida ishlaydi.
Tasvirda u 5 nafar 7-sinf o‘quvchilarini kiyinish odobi masalasida tanbeh bergan va o‘quvchilarning gap qaytarishi oqibatida noxush holat, yaʼni o‘quvchilarni turtganini tasvirda ko‘rish mumkin.
O‘z vaqtida bu holat bo‘yicha N.X.ga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmagan. O‘quvchilarning ota-onalari noxush holatdan xabardor bo‘lgan. Bu masala bo‘yicha 2024-yilning noyabr oyida ota-onalar maktab ma’muriyatiga murojaat qilgan.
Maktab ma’muriyati ota-onalarga holat bo‘yicha bor gapni aytishgan. Shundan so‘ng, ota-onalar e’tirozlari yo‘qligini yozma ravishda yozib berishgan.
Xabaringiz bor, shunga o‘xshash sohada bir qator kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi bois, Farg‘ona shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limiga va shu maktabga ham yangi rahbarlar tayinlangan.
Ayni damda Farg‘ona shahridagi ta’lim muassasalarida bunday salbiy holatlar qaytarilmasligi bo‘yicha bir qator choralar ko‘rilgan.
Shuningdek, 36-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari N.X. ham rahbariyat tomonidan tegishli tartibda ogohlantirlganligini ma’lum qilamiz.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.