Yangiliklar
Farg‘onalik maktab o‘quvchilari chempion bo‘lishdi
22-avgust 2025-yil
Besh kun davomida Qirg‘iz respublikasining Issiq ko‘l viloyatida sportning futbol turi bo‘yicha xalqaro turnir o‘tkazildi.
Unda mezbon davlat vakillari bilan birga, Qozog‘iston, Tojikiston va mamlakatimiz futbolchilari ishtirok etishib, g‘oliblik uchun bahs olib borishdi.
Milliy terma jamoamiz tarkibida ishtirok etgan farg‘onalik o‘quvchilar chiroyli kombinatsion o‘yinlarni namoyish qilib, kuchli zarbalari va o‘ziga xos taktikalarni amalda qo‘llagan holda maydondagi harakatlari bilan muxlisu mutaxassislarda katta taasurotlar qoldirishdi.
10-12 yoshli futbolchilar o‘rtasida o‘tkazilgan uchrashuvning yakuniy final bahsida farg‘onalik o‘quvchilar Qirg‘iz Respublikasining "Alay" jamoasi bilan bahs olib, 4:3 hisobida g‘alabaga erishishdi. Va yangi O‘zbekiston yoshlarining imkoniyatlari yuqori ekanligini amalda ko‘rsatishdi.
Erishilgan ushbu g‘alaba farg‘onalik o‘quvchilardan mustaqilligimizning 34 yilligiga Yurtdoshlarimizga katta sovg‘a bo‘ldi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.