Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

"Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki"

22-avgust 2025-yil
image

Bugun yurtimiz bo‘ylab “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari keng ko‘lamda o‘tkazilmoqda. Ushbu ezgu ishlarda Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi jamoasi faol ishtirok etmoqda.

Jamoa a’zolari boshqarma binosi va hududini tozalash, obodonlashtirish, mavjud daraxt va gullarga davriy ishlov berish ishlarini amalga oshirishmoqda.

Tadbir doirasida bir qator ehtiyojmandlar holida xabar olish va amaliy ko‘mak berish ham rejalashtirilgan. 

Barchani obod va fayzli mahalla barpo etish yo‘lida mana shunday xayrli tashabbuslarda faol bo‘lishga chorlaymiz!

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb