Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

RASMIY MUNOSABAT 

21-avgust 2025-yil
image

Ijtimoiy tarmoqlarda “Farg‘onada dars soatlari pulga sotiladimi?..." mazmunida tarqatilgan audioxabar bo‘yicha Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi: 

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan mazkur audioxabardagi holat "Farg‘ona shahridagi 4-maktabda bo‘lgan", deya iddao qilingan. O‘rganish jarayonida ushbu audioxabar uydirma, yaʼni eski va soxtalashtirilgan bo‘lib, o‘tgan o‘quv yili oldidan ushbu maktabning direktor o‘rinbosari va unga yaqin bo‘lgan bir-ikki "o‘qituvchi" tomonidan qasddan uyushtirilganligi aniqlangan.

Holat tegishli tashkilotlar hamda huquq-tartibot idoralari tomonidan ham o‘rganilgan. O‘rganish natijasida ushbu audioxabar soxta va asosga ega emasligi tasdiqlangan.

Shuningdek, Farg‘ona shahar hokimligining 2024-yil 4-iyundagi 663-05-22-sonli so‘rov xati, Farg‘ona shahar iqtisodiyot va moliya bo‘limining 2024-yil 4-iyun kungi 97-11-169-MO/2024-sonli buyruqlari asosida soha mutaxassislari tomonidan holat o‘rganilgan va tegishli xulosalar berilganligini maʼlum qilamiz

Hurmatli ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari, mazkur soxtalashtirilgan audio yozuvni tarqatmaslikni so‘rab qolamiz. 

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb