Yangiliklar
MAKTAB VA MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASALARIDA PUL YIG‘IMI QAT’IYAN TAQIQLANADI!
19-avgust 2025-yil
Ta’lim muassasalarida turli tadbirlarga, ta’mirlash, jihoz olish va turli sovg‘a-salomlar uchun pul yig‘ish qat’iyan ta'qiqlanadi!
Agarda Siz qaysidir ta’lim muassasasida, maktab yoki maktabgacha ta'lim tashkilotlarida pul yig‘ish bilan bog‘liq holatlar haqida xabardor bo‘lsangiz, Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining +998 73 244 31 18 raqamli «ishonch telefoni»ga murojaat qilishingiz so‘raladi.
Murojaatingiz haftaning dushanba-juma kunlari soat 09.00 dan 18.00 ga qadar qabul qilinadi.
Shuningdek, Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining 94 632 90 01 raqamdagi shaxsiy telegramm kanaliga ham murojaat qilish mumkin.
Sizning murojaatingiz shaxsan boshqarma boshlig'i nazoratida bo‘lib, O'zbekiston Respublikasining jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari to'g'risidagi Qonunga asosan, boshqarmaning tegishli mutaxassislari tomonidan o‘rganiladi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati.