Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Farg‘onada “Prezident iqtidorli farzandlari” Milliy dasturiga qabul imtihonlari boshlandi

10-avgust 2025-yil
image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Prezident iqtidorli farzandlari tashabbusini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 2025-yil 15-mayda PF-86-sonli Farmoni ijrosi doirasida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi "Prezident iqtidorli farzandlari" milliy dasturiga ilk bor qabul imtihonlari tashkil etilmoqda. 

Bugun Farg‘ona viloyatida ham "Prezident iqtidorli farzandlari" Milliy dasturiga qabul imtihoniga start berildi.

Test sinovlari matematika va ingliz tilidan bo‘lib, yuqori ball to‘plaganlar dastur ishtirokchisiga aylanadi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb