Yangiliklar
FARG‘ONADA AMALIY SEMINARGA START BERILDI
11-avgust 2025-yil
Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi “O‘zbekiston – 2030”
strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” PF–16-son Farmonining 1-ilovasi 6.2-bandida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida
2025-2026-o‘quv yilidan boshlab yangi baholash tizimi qamrovini 3 000 ta maktabgacha
kengaytirish vazifasi belgilangan.
Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Farg‘ona viloyatida 2025-2026-o‘quv yilidan yangi baholash tizimi joriy etilishi rejalashtirilgan maktablar sonini jami 210 taga yetkazish rejalashtirilgan.
Bugun Farg‘ona shahrida belgilab berilgan 210 ta maktablarning o‘quv tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari va koordinatorlari ishtirokida Maktabgacha va
maktab ta’limi vazirligi mas’ul xodimlari tomonidan o‘quv-seminar tashkillandi.
Tadbir avvalida Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov seminar ishiga muvaffaqiyat tiladi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.